DELIB

DELIB (Delibes) Kleman Filiber Leo (1836.21.2, Sen-Jermen dyu-Val — 1891.16.1, Parij) — fransuz kompozitori, balet janri isloqotchisi. Parij konservatoriyasida taʼlim olgan (1848—53) va shu yerda prof. (1881-y. dan). Fransiya instituti (akademiyasi) ning aʼzosi (1884-y. dan). Uning «Jilgʻa» (Minkus bilan hamkorlikda, 1866), «Koppeliya» (1870), «Silviya» (1876) baletlarida sahnaviy raqs dramatik teatrga xos vositalari bilan toʻldirildi, musiqa uslubi simfonizm tamoyillari bilan boyidi. Hajviy «Qirol shunday degan» va lirik-dramatik «Lakme» (1883) operalari dunyo teatrlarida muntazam ijro etiladi. Delibning «Lakme» va «Koppeliya» asarlari Navoiy teatriaya 1947-y. dan beri sahnalashtirilmoqda.


Lotin alifbosida maqola: DELIB haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
ALISHER NAVOIY
MUSIQA
BALET
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты