DELISHES

DELISHES — kechpishar olma navi. Amerikadan keltirilgan. Amerika va Yevropa davlatlari (Fransiya, Italiya, Shveysariya, Gollandiya, Avstriya, Bolgariya, Ruminiya va b.) bogʻdorchiligida yetakchi navlardan hisoblanadi. Da-raxti baland, kuchli usadi, keng shox-shabbali, shoxchalari mustahkam, novdalari sargʻimtish-koʻkish. Bal. 6,5—7 m, bargi oʻrtacha, tekis, toʻq yashil. Gullari oʻrtacha, qirmizi. Apr. ning ikkinchi yarmida gullaydi. Simerenko, Renet, Parmen kabi navlar yaxshi changlatuvchi qisoblanadi. Mevasi yirik (150—180 g), sirti silliq, sariq-tillarang, eti shirin, xushboʻy, kuvrak, asal hidi keladi. Tarkibida 16,74% quruq modda, 12,7% qand, 0,25% kta mavjud. Sovuqqa chidamli. Mevasi avg. oxiri — sent. boshlarida terib olinadi, yanvargacha saklash mumkin. Har yili hosil qiladi; koʻchati ekilgandan soʻng kuchsiz payvandtagda 3—4-yili, kuchli oʻsadiganlarida 5—6-yili hosilga ki-radi. Hosildorligi 100—120 s/ga. Uzoq joylarga joʻnatishga yaroqli. 1950y. lar oxirida Oʻzbekistonga keltirilgan. Toshkent, Samarqand, Namangan va Qashqadaryo viloyatlariningtog oldi va togʻli mintaqalarida oʻstiriladi.


Lotin alifbosida maqola: DELISHES haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ITALIYA
BOLGARIYA
RUMINIYA
SHVEYSARIYA
AVSTRIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты