DELTA

DELTA — daryoning dengiz yoki koʻlga quyilish joyida suvda oqib kelgan jinslardan hosil boʻlgan tekislik. D. nomi yunon alfavitidagi D (delta) ning bosh harfidan olingan. Nil daryosining uchburchak deltasi shaklan ana shu harfga oʻxshash boʻlganidan qadimda shunday nom olgan. Deltada daryo suvi pan-ja shaklida koʻpdan-koʻp tarmoklarga boʻlinib oqadi. Vaqt oʻtishi bilan Delta kengayib, dengiz ichkarisiga kirib boraveradi. Daryo oqizigʻi koʻp va yirik boʻlsa yoki dengiz, koʻl suvi sathi pasayib borayotgan yoki sayoz boʻlsa, Deltaning shakllanishi tezlashadi. Yiliga bir necha metrdan bir necha yuz metrgacha kengayib boradi. Deltaning shakli va maydoni turlicha: Amazonka D. si — 100 ming km2, Amudaryo D. si — 19 ming km2, Volga D. si — 19 ming km2. D. tuprogʻi unumdor.


Lotin alifbosida maqola: DELTA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ? degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMUDARYO
YER
DARYO
TOSHKENT
AMUDARYO DELTASI


Добавить комментарий