DELFA

DELFA — Fokida (Oʻrta Gretsiya) ning jan. garbida, Parnas togʻi etagida joylashgan yunon shahri. Mil. av. 7—6-a. larda umumyunon diniy marka-zi boʻlib, meʼmoriy yodgorliklar (Apollon ibodatxonasi orakul va b.) saqlangan. Mil. av. 6-a. ning boshlarida Delfada 4 yilda 1-marta umumyunon Pifiy oʻyinlari oʻtkazilgan. Bu vaqtda muqaddas osoyishtalik, tinchlik hukm surgan. Delfada Apollonga atab juda koʻp nazrniyoz keltirilgan. Bu boyliklar Delfaning yuksalishiga sabab boʻlgan. Mil. av. 1-a. ning 80-y. larida Delfa frakiyaliklar va b. qabilalar tomonidan talangan. Mil. 1-a. oxirida Delfa dagi ibodatxona kayta tiklangan. Orakul faoliyati mil. 2-a. da bir muncha jonlangan (soʻnggi bor orakulga 3-a. da murojaat qilinganligi maʼlum); ibodatxona Rim imperatori Feodosiy I tomonidan taxm. 390-y. rasman yopib qoʻyilgan. Hoz. Delfa — kichik aholi punkti. Delfa yodgorligidan 1892-y. dan boshlab fransuz arxeologlari olib borgan qazishlar natijasida ikki muqaddas maskan (uchastka) — Apollon va Afina maskanlari ochildi: Apollon Pifiy ibodatxonasi (mil. av. 6-a., meʼmorlar Ksenodor va Agaton tomonidan mil. av. 4-a. da kayta qurilgan) boʻrtma tasvirlar b-n bezatilgan (muzeyda saqlanmoqda). Sifniylar (taxm. mil. av. 525), afinaliklar (mil. av. 5-a. boshlari) xazinalari, us-tunlari (galereya — ustunli peshayvon, mil. av. 475), teatr (mil. av. 2-a.) va b. bor. Afina Pronoya muqaddas ibodatxonasining eski (mil. av. 7-a. oxiri) va yangi (mil. av. 6-a. oxiri) asoslari, aylana tarxli — folos — makbara (mil. av. 4-a. boshlari), stadion (mil. av. 6-a.), gimnasiy (mil. av. 6—5-a. lar) va b. oʻrganilgan. Delfada arxeologik muzey tashkil etilgan. Delfa meʼmoriy yodgorliklari Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.


Lotin alifbosida maqola: DELFA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YUNONISTON
ITALIYA
XITOY
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты