DELFINLAR

DELFINLAR (Delphininae) — tishli kitlar turkumiga mansub sut emizuvchilar guruhi. Daryo D. i (Platanistidae) va delfinsimonlar (Delphinidae) oilalarini oʻz ichiga oladi. Daryo Delfinlar ining uz. 1,5—3 m, koʻkrak suzgichlari kalta va keng, tumshugi uzun va ingichka, tishlari koʻp (104 dan 242 gacha), koʻzlari ojiz (gang D. da koʻz gavhari boʻlmaydi). Asosan Jan. Amerika (laplat Delfinlar) va Jan. Osiyo (hind D., Xitoy koʻl D.) daryolarida tarqalgan. Delfinsimonlarning uz. 1,2—3 m, ayrim turlari (kosatka) 10 m gacha. Koʻpchiligida orqa suzgichi boʻladi, tumshugi choʻziq, tishlari 50 tadan koʻproq, dum suzgichining keyingi uchi chuqur kesilgan. Bosh miyasi sharsimon, yarim sharlari poʻstlogʻida juda koʻp pushtachalari bor. D. da kitsimonlarga nisbatan exolokatsiya va eshitish organi yaxshi rivojlangan (bir necha oʻn Gs dan 150 — 196 Gs gacha chastotalik akustik tebranishlarni qabul qiladi). Tovush signallari orqali oʻzaro aloqa qiladi. Exolokatsiya organi boshining havo toʻplovchi boʻshliqlarida joylashgan. Soatiga 55 km tezlikkacha suza oladi (kosatka). 3—5 yilda balogʻatga yetadi. Bolasini 4—6 oy emizadi. Yirik Delfinlar 50, maydalari 30 y. gacha yashaydi. Ovozga taqlid kila oladi, qoʻlga oson oʻrganadi. Okeanariumlarda boqilganida koʻpayishi ham mumkin. Delfinlarning 50 turi maʼlum. Oq biqin D. va afalina deyarli hamma dengizlarda uchraydi. Krra dengizda faqat oq biqin Delfinlar, shim. dengizlarda shim. kitsimon Delfinlar, kosatkalar tarqalgan. Koʻpchilik turlarini ovlash man qilingan.


Lotin alifbosida maqola: DELFINLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Nelly - Bay [Wal-Mart Bonus Track]
YER
XITOY
HINDISTON
OSIYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты