DELYUVIY

DELYUVIY (lot. deluo — yuvaman) , delyuvial yotqiziqlar — yomgʻir yoki erigan qor suvlari oqizib kel-tirgan, shuningdek, oʻz ogʻirligi, sovukdan siljishi va grunt oquvchanligi natijasida qirlar etagida va yon ba-gʻirlarining quyi qismida toʻplangan togʻ jinslarining nuragan yotqiziqlari. Togʻ yon bagʻirlari va etaklarida katta maydonlarni egallaydi, delyuvial shleyflar hosil qilgan. Qalinligi bir necha oʻn metrga yetadi. Delyuviyning granulometrik tarkibida oʻrta va ogʻir changsimon qumoq koʻp; bular qiyalik yuqorisidan pastga qarab shagʻaldan gilga qadar oʻzgarib borishi mumkin. Delyuvial yotqiziklarning mineral va kimyoviy tarkibi atrofdagi togʻ jinslari hamda yotqiziqlarning tarkibi bilan uzviy bogʻliq. Suvni oʻzidan yaxshi oʻtkazadi va qatlamlar hosil qilmaydi. Delyuvial jarayonlar oʻsimliklar siyrak boʻlgan (tuproq oʻsimliklar bilan kam himoyalangan) quruq iqlim sharoitlarida tezroq kechadi. Oʻrta Osiyoning bir qancha mintaqalarida delyuvial yotqiziqlardan lyossning baʼzi xillari hosil boʻlgan. Odatda, bunday yotqiziqlardan unumdor tuproq (sur tuproq, jigarrang tuproq va b.) tarkib topadi. Delyuviyda koʻpincha oltin, qalay, volfram va b. metallarning sochma konlari uchraydi. Delyuvial suglinkalardan gʻisht tayyorlanadi. A. Pavlov (1888) Delyuviyni kon-tinental yotqiziqlarning alohida genetik turi qilib ajratgan.


Lotin alifbosida maqola: DELYUVIY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OKEAN
MINERAL
TOGʻ JINSLARINING BURMALANISHI
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты