DEMETRA

DEMETRA — yunon mifologiyasida dastlab hosildorlik, dehqonchilik, keyinchalik nikoh va oilaviy hayot maʼbudasi. Kronos va Reyaning qizi, Zevening singlisi, Persefonaning onasi. Demetra odamlarga bugʻdoy boshogʻini sovgʻa qilgan va ularni dehqonchilikka oʻrgatgan. Yer osti saltanati xudosi Aid Persefonani oʻgʻirlab ketganda Demetra gʻazablangan va yer hosil bermay qoʻygan, ocharchilik boshlangan. Shunda Zevs Persefonaga yarim yil yerda onasi b-n, yarim yil u dunyoda Aid bilan boʻlishni buyurgan. Bu afsonada oʻsimlik dunyosining har yili xazon boʻlishi va yangidan uygʻonishi jarayoni aks etgan. Demetra rimliklar mifologiyasidagi Seraraga mos keladi.


Lotin alifbosida maqola: DEMETRA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
YUNONISTON
RIM
YAPONIYA
ELLINIZM


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты