DEMIREL

DEMIREL Sulaymon (1924.1.11, Isparta viloyatining Islomkoy qishlogʻi) — Turkiyaning siyosat va davlat arbobi. Istanbul texnika un-tining qurilish f-tini tugatgan (1949). 1955—60 y. larda Turkiya suv xoʻjaligi davlat direksiyasi bosh mudiri. 1960—62 y. larda armiya safida. 1962—64 y. larda xususiy korxonada maslahatchi muhandis, Oʻrta sharq texnika un-tida oʻqituvchi. D. — «Adolat» partiyasining asoschilaridan biri. 1962-y. shu partiya bosh kengashi aʼzosi, 1963-y. dan partiya bosh raisi oʻrinbosari, 1964-y. dan bosh raisi. 1965—80 y. larda bir necha marta hukumatga boshchilik qildi. 1980-y. 12 sent. dagi harbiy toʻntarish natijasida bosh vazir lavozimidan chetlashtirildi. Demirel oʻng liberal «Toʻgʻri yoʻl» partiyasi tuzilishining gʻoyaviy ilhomchisi va sobiq siyosatchilarning siyosiy faoliyatini taqiqlash bekor qilingunga qadar mazkur partiyaning yashirin rahbari. 1987-y. 24 sent. dan «Toʻgʻri yoʻl» partiyasining bosh raisi, 1991-y. dan Turkiya bosh vaziri. 1993—2000-y. larda Turkiya Respublikasi prezidenti.


Lotin alifbosida maqola: DEMIREL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TURKIYA
XITOY
ROSSIYA
TOSHKENT
POKISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты