DEMOGRAFIK STATISTIKA, aholi statistikasi — statistika fani tarmogʻi, aholi yoki uning alo-hida guruhlarining miqdori, tarki-bi, joylashishi va takror barpo boʻli-shi haqida statistik uslub asosida maʼlumotlar toʻplash, uni qayta ishlash va taxlil qilishni oʻrganadi. Demografik statistika s aholi va demografik jarayonlar (tugʻilish, oʻlish, nikoh va ajralish, aholining takror barpo boʻlishi) haqidagi raqam koʻrsatkichlar yigʻindisidan iborat. Demografik statistika maʼlumotlaridan sotsial-demografik tadqiqotlarda foydalaniladi.
Demografik statistika s aholi va demografik jarayonlar haqida maʼlumotlar toʻplashda ularning maʼlum ijtimoiytarixiy ta-raqqiyot davomida miqdor va sifat jihatdan muntazam oʻzgarib borishini nazarda tutadi. Demografik statistikaning aholi roʻyxati oʻtkazish, demografik jarayonlar va migratsiyani doimiy roʻyxatga olib borish kabi i. t. uslublari mavjud aholi haqidagi maʼlumotlarni umumlashtirish, guruhlash, ularni qiyoslash va demografik omillarni oʻrganish qoidalarini ham ishlab chiqadi.
Demografik statistika statistikaning boshqa tarmoqlariga nisbatan ancha oldin paydo boʻlgan (q. Aholi roʻyxati). Oʻzbekistonda Demografik statistika s, asosan, 20-a. ning 1-yarmidan shakllana boshlagan. 1927-y. Respubli-kada fuqarolik holatini qayd etish (ZAGS) byurolarining tarkib topishi Demografik statistika rivojlanishiga olib keldi.
Demografik statistika maʼlumotlari dunyoning juda koʻp mamlakatlarida maxsus byulletenlarda, statistik toʻplam, jur. va demografik yilnomalarda nashr etiladi. Dunyo aholisi va uning miqsor, sifat oʻzgarishlari BMT demografik yilnomalarida, Oʻzbekiston aholisi va demografik jarayonlari haqidagi maʼlumotlar esa Oʻzbekistan Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Statistika departamentining demografik yilnomalarida muntazam chop etiladi.