DEMODAM YURISHI

DEMODAM YURISHI — salavkiylardan Salavk I va Antiox sarkardasi Demodamning Sirdaryo ortidagi yerlarga yurishi (mil. av. taxm. 300-y.). Iskandar Zulkarnayn va uning qoʻshini Sirdaryoni Yevropadagi Tanais d. (Don) deb oʻylashgan, qadimda bu daryo Yevropani Osiyodan ajratib turuvchi chegara sanalgan. Salavk I oʻzining Osiyodagi mulklarini kengaytirish niyatida razvedka maqsadida Demodamni Sirdaryo ortiga harbiy safarga joʻnatgan. Tarixchilarning yozishicha, Demodam yurishi natijasida Sirdaryo ortida koʻplab yirik qabilalar: saklar, massagetlar, daylar, issedonlar, ariaklar, rimniklar, peziklar, amardlar, istlar, yedonlar, qanlar, kaniaklar, yevxarlar, katiarlar, antuisianlar, psaklar, arimasplar, antakatlar, xroazarlar, oyklar, napeylar, paleylar kabilar yashashi maʼlum boʻlgan. Daryoni mahalliy aholi Silis deb atashgan, aholining turmush tarzi parfyanlarnikiga oʻxshash boʻlgan.



SAKLAR
HARBIY SANʼAT
TOSHKENT
TANAIS DARYOSI BOʻYIDAGI JANG
XITOY


Добавить комментарий