DEMONOLOGIYA

DEMONOLOGIYA (demon va…logiya) — demonlar haqidagi diniy taʼlimot. Uning vujudga kelishi ibtidoiy davrlarga xos yovuz ruhlarga eʼtiqod qilishga borib taqaladi. Demonologiya ayniqsa Bobil dini va qad. Eron dinida rivojlangan, ulardan iudaizm, xristianlik va islomga ham oʻtgan. Katolitsizm va pravoslaviye hozirga qadar demonlarning borligini qatʼiy himoya qiladi, ayrim protestantlar ularni ramziy maʼnoda tushunadilar. Demonologiya shayton — gunoh manbai, degan tasavvurga asoslangan diniy axloq bilan uzviy bogʻlikdir. Demonologiyaga koʻra, inson qamisha va hamma yerda jonga xavf solib turuvchi demonlar bilan oʻralgan. Faqat cherkovgina oʻzining ibodatlari, diniy muqaddas ashyolari, baʼzan esa demonni haydovchi maxsus duo va marosimlari bilan in-sonni ulardan qutqarishi yoki ularning yovuz harakatlarini bartaraf etishi mumkin. Jodugarlikning xurofiy mohiyati ham Demonologiyaga asoslangan. Inkvizitsiya davrida jodugar deb hisoblangan ayollar taʼqib qilingan. Jis-moniy va ruhiy kasalliklar sababi ham demonlar xatti-harakati bilan bogʻliq deb hisoblanadigan ibtidoiy azayimxonlikdan tortib hrz. davrdagi diniy bidʼatlargacha — hammasida Demonologiya namoyon boʻladi.


Lotin alifbosida maqola: DEMONOLOGIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ERON
BOBIL-OSSURIYA MADANIYATI
ISLOM
YER
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты