DEMONOPOLIZATSIYA

DEMONOPOLIZATSIYA, monopoliyadan chiqarish (de… va yun. mono — tanho va lot. poleo — sotaman) — iqtisodiyotdagi monopoliyaaan erkin, teng huquqli raqobatga asoslangan sohibkorlik faoliyatiga qaytish (qayta oʻtish). Demonopolizatsiya sogʻlom iqtisodiy bellashuvga yoʻl berish maqsadlarida amalga oshiriladi. Demonopolizatsiya ikki yoʻl bilan boradi: yirik monopol mavqeidagi birlashmalar, kompaniyalar tarqatilib, ulardan mustaqil korxonalar ajralib chiqadi; yakka hokim korxona yoki birlashmalar, kompaniyalar saqlangan holda ular bilan raqobat qila oladigan parallel (muqobil — bir xildagi yoki bir-birining oʻrnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqaruvchi) korxona yoki birlashmalar tashkil etiladi. Demonopolizatsiya lashda monopoliyadan chiqarish organlari va qonunchilik muhim ahamiyatga ega. Oʻzbekistonda 1992-y. 2-iyulda qabul qilingan Oʻzbekistan Respublikasining «Monopolistik faoliyatni cheklash toʻgʻrisida»gi qonuni bu yoʻldagi birinchi qadam edi. 1992-y. dan Moliya vazirligi tarkibida Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish bosh boshqarmasi faoliyat yurita boshladi. Mazkur boshqarma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-y. 23-maydagi farmoniga muvofiq Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga aylantirildi. Qoʻmita tovar bozorlarida raqobat muhitini yaratishga, monopoliyadan chiqarishning tarmoq va mintaqaviy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni muvofiqlashtirishga nisbatan yagona uslubiy yondoshuvni taʼminlash; monopolistax faoliyat, xoʻjalik yurituvchi subyektlar tovar bozorlaridagi oʻz ustun mavqeini suiisteʼmol qilishining oldini olish va unga yoʻl qoʻymaslik, monopoliyachi birlashma (korxona)larning Oʻzbekistan Respublikasi Davlat reyestrini yuritish; monopoliyaga qarshi kurashni tartibga solish va isteʼmolchilar huquklarini himoya qilish kabi vazifalarni bajaradi. Oʻzbekistonda Demonopolizatsiya tartibi va shart-sharoitlari OʻzRning 1996-y. 27dek. da qabul qilingan «Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida»gi qonuni b-n tartibga solinadi (q. Monopoliyaga karshi qonunchilik).

Risolat Ishmuratova.


Lotin alifbosida maqola: DEMONOPOLIZATSIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MONOPOLIYADAN CHIQARISH
TOSHKENT
RAQOBAT
MONOPOLIYAGA QARSHI QONUNCHILIK
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты