DEMPING

DEMPING (ing. dumping — tashlash, tashlama) — tovarlarni tashqi va ichki bozorda sunʼiy arzonlashtirilgan, oʻrtacha chakana narxlardan, baʼzan tannarxdan past narxlarda sotish; tashqi bozorni egallash uchun raqobat kurashi vositalaridan biri. Tashqi bozorda tovarlarning oʻz qiymatidan arzon sotilishidan birlashmalar zarar koʻradi. Bu zarar ichki bozorda sotilgan tovarlardan olingan yuqori foydadan mablagʻ ajratish yoki davlat byudjetidan hamda soliklar hisobidan qoplanadi. Demping davlat yoki kompaniya tomonidan kelgusida kutilayotgan zararlarni bartaraf etish maqsadida oʻtkaziladi va bu yoʻl bilan zarur boʻlgan pul, valyuta mablagʻlari tezda toʻplanadi.

20-a. boshlarida, Yevropa davlatlarida Demping ommaviy tus oldi. 1929—33 y. lardagi jahon iqtisodiy tangligi davrida, ayniqsa, keng yoyildi. 2-jahon urushidan keyin Demping siyosati AQSH monopoliyalari tomonidan muntazam oʻtkazib turildi. Dempingning ayrim mamlakatlar tomonidan qoʻllanilishi oʻz nav-batida boshqa mamlakatlarning unga qarshi chora koʻrishiga olib keladi va mol kiritish boʻyicha olinadigan boj summasini oshirishda oʻz ifodasini topadi. Jahon iktisodiy tajribasidan maʼlumki, koʻpgina davlatlarda Dempingga qarshi qonunchilik, Dempingga qarshi maxsus bojlar amal qiladi. Tariflar va savdo buyicha Bosh kelishuv (hoz. Ja-hon savdo tashkiloti) 1967-y. da xalqaro dempingga qarshi kodeks kabul qildi. Unda Demping holatini aniklash va is-botlash tartib-qoidalari, import mamlakat firmalari tomonidan Demping natijasida shu turdagi tovarni ishlab chiqaradigan eksport qiluvchi mamlakatlarga yetkazilgan zararni toʻlash yoʻllari koʻzda tutilgan.


Lotin alifbosida maqola: DEMPING haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YAPONIYA
ROSSIYA
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
TOSHKENT
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты