DEMPFER

DEMPFER (nem. Dampfer — soʻndirgich) — 1) mashina va asboblarning ishlashi vaqtida sodir boʻladigan mexanik tebranishlarni yoʻqotadigan, elektr mashina va elektr oʻlchash asboblaridagi tebranishlarni soʻndiradigan qurilma. Avtomat rostlagich va oʻlchash asboblarida gidravlik (kataraktlar) va pnevmatik Dempferlar keng qoʻllaniladi. Ularda tebranish energiyasi suyuklik (gaz) ning bir kameradan ikkinchi kameraga oqib oʻtishi hisobiga soʻnadi. Elektr mashina va elektr oʻlchash asboblaridagi tebranishlarni yoʻqotish uchun oʻz chulgʻamlaridagi tok maydoni bilan qoʻshimcha chulgamdagi tok maydonining oʻzaro taʼsirida ishlaydigan Dempfer qoʻllaniladi;

2) koʻp torli musiqa asboblarida torlarning tebranishini soʻndiradigan moslama. Dempfer fortepiano va arfada, oʻzbek cholgʻu asboblaridan changda boʻladi.



MUSIQA
YER
YAPONIYA
MUSIQA CHOLGʻU ASBOBLARI
XITOY


Добавить комментарий