DENVER

DENVER — AQSH gʻarbidagi shahar, Kolorado shtatining maʼmuriy markazi. Saut-Platt daryosi sohilida, Qoyali togʻlarning sharqiy etagida 600 m balandlikda joylashgan. Aholisi 554,6 ming kishi (2000). Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Togʻli shtatlarning yirik sanoat va savdo-moliya markazi. Aviaraketa-kosmik, radioelektronika asboblari, priborsozlik, metallni qayta ishlash, sement, koʻn poyabzal, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Sport buyumlari ishlab chiqariladi. Zarbxona, astma kasalliklarini davolash ilmiy markazi, 2 ta un-t, muzeylar bor. D. yonidan rangli va nodir metall rudalari qazib olinadi. Shaharga 1858-y. da oltin qidiruvchilar asos solgan. Togʻ turizmining markazi.


Lotin alifbosida maqola: DENVER haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
ROSSIYA
XITOY
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты