DENGIZ AVIATSIYASI

DENGIZ AVIATSIYASI — harbiydengiz kuchlarining tarkibiy qismi. Dengiz aviatsiyasi dengizda mustaqil yoki suv osti kemalari bilan birga urush xarakatlarini oʻtkazish, dengiz qirgʻoqlaridagi obyektlarga, qoʻshinlarga hujum qilish yoki yordam berish kabi vazifalarni bajaradi. Dengizdagi bazalarga, qirgʻoq inshootlaridagi kema va transport vositalariga, suv osti kemalariga zar-ba berish bilan birga razvedka ishlarini ham bajaradi. Dengiz aviatsiyasi raketa eltuvchi Dengiz aviatsiyasi, qiruvchi, bombardimonchi, minali-torpedali, razvedka qayiqlariga qarshi va koʻmaklashuvchi (transport, sanitariya, aloqa va h. k.) xillarga boʻlinadi. Dastlab 1-jahon urushida dozorlik va razvedka maqsadida foydalanilgan. 2-jahon urushida harbiydengiz flotining asosiy kuchlaridan biri boʻlib qoldi. Dengiz aviatsiyasi dushman orqa tomonidagi obyektlarga zarba berishda, dengiz boʻyida oʻtkaziladigan janglarda va b. vazifalarni bajarishda muhim rol oʻynaydi.


Lotin alifbosida maqola: DENGIZ AVIATSIYASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AVIATSIYA
HARBIY SANʼAT
ROSSIYA
OKEAN
BOMBARDIMONCHI AVIATSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты