DENGIZ BODRINGLARI

DENGIZ BODRINGLARI, dengiz koʻzachalari, goloturiyalar (Holoturoidea) — ninaterililar tipiga mansub sinf. Tanasi koʻpincha boch-kaga oʻxshash yoki chuvalchangeimon, uz. bir necha mm dan 2 m gacha, koʻpchilik turlari tanasi sirtida har xil oʻsimtalar (paypaslagichlar, oyoqchalar, pa-pillalar, yelkan va b.) boʻladi. Tanasi yumshoq teri bilan qoplangan. Terisida har xil mikroskopik ohak skelet plastinkalar, yaʼni spikulalar mavjud, baʼzan terisi yoppasiga ohak plastinkalar bilan qoplangan boʻladi. Ogʻzi tanasining oldingi tomonida joylashgan paypaslagichlar bilan oʻralgan. Koʻpchilik turlari xavf tugilganida ichki organlarini tanadan tashqariga chiqarib tashlash (evisseratsiya) yoki tanasining keyingi qismini uzib tashlash (avtotomiya) xususiyatiga ega. Tananing yoʻqolgan qismi yana qaytadan tiklanadi. 5 turkumi 11000 ga yaqin turi maʼlum. Barcha okean va dengizlarda tarqalgan. Detritofaglar, tuxumini suvga qoʻyadi. Tuxumdan aurikulyariya va doliolyariya lichinkalari chiqadi. Ayrim turlari ovlanadi.


Lotin alifbosida maqola: DENGIZ BODRINGLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ? degan savolarga javob topishingiz mumkin)



OKEAN
YER
TOSHKENT
TERI
XITOY


Добавить комментарий