DENGIZ GEOLOGIYASI

DENGIZ GEOLOGIYASI — dengiz va okeanlar tubining geologik tuzilishi va rivojlanish tarixini oʻrganuvchi fanlar majmui. Dengiz geologiyasi asosiy vazifasi okean va dengizlar tubi relyefining paydo boʻlishi, tarkibi va rivojlanishini oʻrganadi, ularda foydali qazilmalarning hosil boʻlish sharoitlari va joylashish holatini aniqlaydi. Dengiz tubi relyefining hrsil boʻlish sharoiti, taraqqiyoti, tarkibi, choʻkindilar, magmatik va metamorfik togʻ jinslarini dengiz tubida joylashishi, okean osti Yer pusti tektonikasi, geodinamikasi, yer chuqurlik qismining tuzilishi, undagi vulkan jarayonlari, seysmikligi, yonuvchi (neft va gaz), rudali konlarning hosil boʻlishi va tarqalishini oʻrga-nadi. Dengiz geologiyasi okeanologiya va geol. ning sohalari, shuningdek, tabiiy geografiya, iqlimshunoslik, biol. va b. tabiiy fanlar bilan yaqindan bogʻliq holda taraniy qildi. Dengiz geologiyasini oʻrganish shotland geologi J. Gettonning 1788-y. da «Yer nazariyasi» asarining nashr etilishidan boshlangan. Dengiz litologiyasi soxasida dastlabki i. t. lar inglizlarning «Chellenjer» kemasida (1872—76) olib borildi. 19-a. oxiri —20-a. boshlarida dengiz va okeanlar tubining relyefi, geokimyosi, yotqiziklari, okean chekkalari magmatizmi atroflicha oʻrganildi.

20-a. oʻrtalariga kelib Dengiz geologiyasini oʻrganishda maxsus kemalardan foydalanish, dengiz geofizikasi metodlari taraqqiyoti, suv ostini rasmga olish va sh. k. D. g. ning mustaqil fanga aylanishiga sabab boʻldi.

60-y. larda bajarilgan i. t. ishlari natijasida okean osti Yer poʻstining nisbatan yosh ekani va uning tubi siljib turishi aniklandi. 1968-y. da AQSHda «Glomar Chellenjer» kemasida chuqur suv osti burgʻilashning boshlanishi Dengiz geologiyasida muhim bosqich boʻldi, ke-yinchalik bunday burgʻilashlar xalqaro qamkorlikda bajarildi. Okean tubi tektonikasi prinsiplari va Dunyo okeani tubining rayonlashtirish sxemasi ishlab chiqildi. Yer poʻstining chuqur gorizontlarida, ehtimol mantiyada ham shiddatli tektonik deformatsiyalar boʻlib, bular boʻyicha massalar siljib tangachasimon strukturalar hosil qilishi maʼlum boʻldi.

Okeanlar geomagnit maydonini oʻrganish asosida litosfera plitalarining yoshi aniqlandi, paleomagnit maʼlumotlaridan foydalanib okean qaʼri va boʻsh jinslar boʻlimlarga ajratildi.

Dengiz va okeanlardagi foydali qazilmalar aksari neft, gaz, temir rudalari, oltingugurt, fosforit, glau-konitli qum, nodir metalli temir-marganes gʻuddalari va turli sochmalar, shu jumladan oltin, tuz va b. dan tashkil topgan. Dengiz osti konlari hoz. rivojlangan dengiz atrofi davlatlari tomonidan intensiv ravishda oʻzlashtirilmoqda. Dengiz geologiyasi boʻyicha muhim ilmiy markazlar RF (Okeanologiya in-ti, Yer pusti in-ti), Ukraina (Geologiya fanlari in-ti), AQSH (Vudsxol Okeanografiya in-ti va b.), Fransiya (Pyer va Mariya Kyuri nomli un-t)da bor. Shuningdek, Dengiz geologiyasi boʻyicha i. t. ishlari, Germaniya, Yaponiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya va b. geol. muassasalarida olib borilmoqda.



OKEAN
YER
GEOGRAFIYA
GEOLOGIYA
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Добавить комментарий