DENGIZ MINALARI

DENGIZ MINALARI — dushman kemalari harakatini toʻxtatishga, ularni shikastlantirishga moʻljallangan qurol turi. Dengiz minalari suzib yoki koʻchib yuradigan va harakatsiz (langarli va den-giz ostida turadigan) xillarga boʻlinadi. Harakatsiz minalar langarlar yordamida bir joyda ushlab turiladi yoki suv ostiga choʻktiriladi. Suzuvchi minalar suv sirtida yoki ostida oqim va shamol taʼsirida koʻchib yuradi. Portlash usuliga koʻra, Dengiz minalari kontaktli va kontaktsiz xillarga boʻlinadi. Kontaktli minalar kema korpusiga urilishi b-n, kontaktsiz minalar turli tabiiy hodisalar (kema korpusining magnit maydoni, vintlarining shovqini va b.) taʼsirida portlaydi. Har bir mina korpusida portlovchi modda zaryadi, portlatish asbobi va ehtiyot anjomlari boʻladi. Dengiz minalari dushmanga koʻrinmaydi. Portlash moddasining zarbi kuchli boʻlib, kema korpusining suv ostidagi qismiga jiddiy shikayet yetkazadi yoki kemani choʻktiradi.


Lotin alifbosida maqola: DENGIZ MINALARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
MINA
OKEAN
Munisa Rizayeva - Waka waka
PORTLASH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты