DENGIZ NAVIGATSIYA XARITALARI

DENGIZ NAVIGATSIYA XARITALARI — dengiz xaritalarining asosiy tipi, kema yurgizish va suzish xavfsizligini taʼminlash uchun ishlatiladi. Dengiz navigatsiya xaritalarida qirgʻoq shakli va xu-susiyati, dengiz tubi relyefi, grunti, suv osti va suv usti qoyalari, oqimlar, dengiz yoʻllari, kema yoʻlida uchraydigan xavflar (sayozlik, qoya, kuchli dengiz toʻlqinlari va b.), mayoq, toʻlqin qaytaradigan inshootlar, magnit en-kayishi haqidagi maʼlumotlar, gidrologik elementlar (dengiz oqimlari, dengiz suv koʻtarilishiqaytishi, muz chegarasi va h. k.) koʻrsatiladi. Dengiz navigatsiya xaritalari maqsadi va masshtabiga koʻra quyidagi turlarga boʻlinadi: planlar (1:500 — 1:25000), xususiy xaritalar (1:25000 — 1:75000), yoʻl xaritalari (1:100000 — 1:500000), bosh xaritalar (1:750000 – 1:5000000).


Lotin alifbosida maqola: DENGIZ NAVIGATSIYA XARITALARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



OKEAN
YER
TOSHKENT
SHIMOLIY MUZ OKEANI
MAGNIT XARITALARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты