DENGIZ OQIMLARI

DENGIZ OQIMLARI (okean oqimlari) — dengiz va okeanlarda turli kuchlar (suv va havo orasida ishqalanish kuchlari taʼsiri, suvda vujudga keladigan bosim gradiyentlari, dengiz su-vining kutarilishida Oy va Quyoshning tortish kuchlari)ga bogʻliq ravishda suv massasining harakatlari. Dengiz oqimlari yoʻnalishiga Yerning aylanish kuchi katta taʼsir koʻrsatadi: oqimlar Shim. yarim sharda oʻngga, Jan. yarim sharda chapga buriladi. Dengiz oqimlari kelib chiqishiga koʻra: shamolning dengiz yuzasiga ishqalanishi (shamol oqimlari), suv t-rasi va shoʻrligining notekis taqsimlanishi (zichlik oqimlari), suv sathining qiyalanishi natijasida (oʻzgaruvchan oqimlar) va h. k. ; oʻzgaruvchanligiga koʻra — doimiy, mavsumiy va davriy (dengiz suvining koʻtarilishi bilan bogʻliq) Dengiz oqimlari ; joylashishiga qarab — yuza, yuza osti, oraliq, chuqur, dengiz tubi Dengiz oqimlari ; tabiiykimyoviy xossalariga koʻra — iliq, sovuq, chuchuk va shoʻr Dengiz oqimlari boʻladi.


Lotin alifbosida maqola: DENGIZ OQIMLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



OKEAN
YER
ISHQALANISH
TINCH OKEAN
TINCH OKEAN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты