DENGIZ TIPRATIKANLARI

DENGIZ TIPRATIKANLARI (Echinoidea) — ninaterililar sinfi. Tanasi sharsimon, disksimon yoki yuraksimon, sirtdan juda koʻp nina va peditsellariyalarga ega boʻlgan sovut bilan qoplangan. Ayrim jinsli, tuxumini suvga tashlaydi. Tuxumdan chiqqan lichinkasi — exinopluteus erkin suzib yuradi. Ayrim turlari tirik tugʻadi. Koʻpchilik toʻgʻri Dengiz tipratikanlari (ogiz teshigi tanasining ostki tomoni oʻrtasida joylashgan) maxsus chay nov apparati — aristotel fonari tishchalari yordamida toshlarga yopishgan suv oʻtlarini qirib olib oziklanadi. Notoʻgʻri Dengiz tipratikanlarida (ogʻiz teshigi tanasining ostki yuzasi oldingi qismida joylashgan) aristotel fonari boʻlmaydi, suvdagi detrit bilan oziklanadi. hoz. turlari 800 ga yaqin. Suv tubida oʻrmalab yoki qumga koʻmilib yashaydi. Sayoz suvlarda uchraydigan ayrim turlari ikrasi uchun ovlanadi. Tropik dengizlarning sayoz suvlarida uchraydigan Diadema urugʻi turlari odam uchun xavfli, chunki ularning ninalari sanchilganida ogʻriq paydo boʻladi.


Lotin alifbosida maqola: DENGIZ TIPRATIKANLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OKEAN
TOSHKENT
XITOY
ODAM


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты