DENGIZ TRANSPORTI

DENGIZ TRANSPORTI — okean, dengiz, dengiz kanallari orkali kemalarda yuk va yoʻlovchi tashuvchi suv transporta turi. Xizmat koʻrsatish doirasiga koʻra, uning ichki Dengiz transporti (bir mamlakat oʻrtasidagi portlararo qatnaydigan) va xalqaro Dengiz transporti (mamlakatlararo qatnaydigan) turlari mavjud. Dengiz transporti vazifasiga koʻra, yoʻlovchilar, quruq va suyuq yuklarni tashuvchi hamda yordamchi xizmat koʻrsatuvchi kemalardan iborat boʻladi. Dengiz transporti tarixi taxminan mil. av. 6—4-a. larda inson dengizni oʻrganib, oʻzlashtira boshlagach, paydo boʻldi. Dastlab eshkakli kemalar, mil. av. 3-a. larda esa yelkanli kemalar kashf etildi. Bu kemalar bir necha asrlar mobaynida suv yoʻllari orqali aloqa bogʻlashda, savdo munosabatlari yuritishda keng qoʻllanildi. Sanoatning oʻsishi va xalqaro savdoning kengayishi bilan Dengiz transporti ham takomillashib bordi. Bugʻ mashinasi ixtiro qilinganidan keyin birinchi bugʻ bilan harakatlanadigan mexanik dvigateli paroxodlar yaratildi. Soʻng oʻz navbatida, ichki yonuv dvigatelli teploxodlar, atom reaktorli — atom muzyorar kemalari ixtiro qilindi. Hoz. zamonaviy Dengiz transporti murakkab muhandislik qurilmasi boʻlib, ular kompyuterlashtirilgan avtomat boshqaruv va na-zorat qurilmalari, murakkab elektron radionavigatsiya vositalari bilan taʼminlangan. Ulardan ayrimlarining yuk tashish quvvati 500 ming t gacha, asosiy elektr energiyasi quvvati 73,6 MVt (100 ming ot kuchi)gacha yetadi.

Hoz. vaqtda kemalarda yoʻlovchi tashish oʻrnini havo transporti egallagan boʻlib, ular faqat dengizda sayohat maqsadidagina amalga oshiriladi. Yuk tashish borasida Dengiz transportining salmogʻi katta boʻlib, geografik xususiyatlarga koʻra bu koʻrsatkich mamlakatlarda turlichadir. Dengiz transporti asosan AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Yaponiya, Germaniya, Rossiya, Polsha, Yugoslaviya va b. davlatlarda keng rivojlangan (mas, Yaponiyada 1062 port, Fransiyada 300 port bor, shundan 6 tasi eng yirik va h. k.).

20-a. da Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan Oʻzbekistan uchun ham Dengiz transporti muhim ahamiyatga ega boʻldi. Buyuk Ipak yoʻlini tiklash loyihasi doirasida barpo etilgan Yevropa—Kavkaz—Osiyo transport yoʻlagi orkali Kaspiy dengizida Turkmanboshi, Boku, Kora dengizda Poti, Batumi portlaridan Yevropa mamlakatlari yoʻnalishlarida yuklar zamonaviy Dengiz transportida tashiladi.

Dengiz floti tarkibiga kiruvchi bandargoxlar, kema ishlab chiqarish va taʼmirlash z-dlari va b. D. t. ga xizmat koʻrsatadi (q. Daryo transporti).

Nuriddin Musayev.


Lotin alifbosida maqola: DENGIZ TRANSPORTI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



OKEAN
YER
XITOY
TOSHKENT
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты