DENGIZ FILI

DENGIZ FILI (Mirounga) — tyulensimonlar oilasi urugʻi. 2 turi maʼlum. Jan. Dengiz fili (M. leonina) — eng yirik kurakoyoklilardan, uz. 6,5 m gacha, vazni 3,5 t gacha. Erkagi tumshugʻininguchidagi teri xaltasining uz. 40 sm gacha; bezovta boʻlganida 80 sm gacha uzayadi. Yangi tugʻilgan bolasining juni kora, voyaga yetgan davrida — och qoʻngʻir yoki qoʻngʻir. Jan. yarim sharning moʻtadil va subantarktida suvlarida yashaydi; mavsumiy migratsiya qiladi. Poligam toʻdasida 20 gacha urgʻochisi boʻladi. Bosh-oyoqli mollyuskalar va baliklar bilan oziqlanadi. 20-a. boshida koʻp ovlanganligi sababli soni kamayib ketgan. Muhofaza choralari koʻrilishi tufayli soni bir necha yuz mingga yetgan. Shim. Dengiz fili (M. angustirostris)ning umumiy tuzilishi va biol. si jan. Dengiz filiga oʻxshash. Meksika va Jan. Kaliforniya sohillari yaqinida uchraydi, soni 20 mingga yaqin, muhofaza qilinadi (yana q. Tyulene imonlar).



YER
MEKSIKA
OKEAN
XITOY
TOSHKENT


Добавить комментарий