DENGIZ XARITALARI

DENGIZ XARITALARI — dengiz va okeanlarning maxsus geografik xaritalari. Dunyo okeanini xoʻjalik va ilmiy maqsadlar uchun oʻrganish va foydalanishda kema yurgizish ilmi va b. masalalar bilan taʼminlashga moʻljallangan. Dengiz xaritalari gidrografik (okeanografik) xizmatlar tomonidan tuziladi va nashr etiladi. Dengiz xaritalari nimaga xizmat qilishiga va mazmuniga koʻra 3 guruhga boʻlinadi: navigatsiya xaritalari (q. Dengiz navigatsiya xaritalari), maxsus xaritalar, maʼlumotnomali va yordamchi xaritalar. Maxsus xaritalar har-biy-dengiz floti faoliyatini taʼminlash uchun xizmat qiladi. Maʼlumotnomali va yordamchi xaritalar nimaga xizmat qilishiga va mazmuniga koʻra har xil boʻlib, bevosita kema yurgizishni taʼminlashda ishlatilmaydi. Yordamchi xaritalarga ortodromik xaritalar va shlyupka xaritalari, shuningdek, umumiy geografik vazifalar umumiylashtirilgan yoki yengillashtirilgan xaritalar kiradi.


Lotin alifbosida maqola: DENGIZ XARITALARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



GEOGRAFIYA
GEOGRAFIK XARITALAR
YER
TOSHKENT
GEOGRAFIK ATLAS


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты