DENGIZ CHOʻCHQACHALARI

DENGIZ CHOʻCHQACHALARI (Cavia) – choʻchqachalar oilasining bir urugʻi. Tanasining uz. 35 sm gacha, dumi kalta, tashqi tomondan koʻrinmaydi. Orqa oyoq panjasi 3 barmokli. 5—6 turi bor. Jan. Amerikada yalangliklarda uchraydi. In kovlaydi yoki boshqa hayvonlar joyini egallaydi. Kechasi va shomda oziklanishga chiqadi. Yil davomida koʻpayadi, 1—4 bola tugʻadi. 8 yilga yaqin yashaydi. Dengiz choʻchqachalari (S. porcellus) ni inklar xonakilashtirishgan (goʻshti yeyilgan). Yevropaga dengiz ortidan keltirilganligi tufayli Dengiz choʻchqachalari deb atala boshlagan. Lab. hayvonlari. Katta-kichikligi, yungining rangi va tuzilishi bilan bir-biridan farq qiladigan bir qancha zotlari bor.


Lotin alifbosida maqola: DENGIZ CHOʻCHQACHALARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ? degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
YAPONIYA
Abdulhay Karimov - To’y bola
TOSHKENT
XITOY


Добавить комментарий