DENGIZKOʻL

DENGIZKOʻL — Buxoro viloyati Olot tumanidagi koʻl. Oʻrta asrlarda «Borgini farox», yaʼni «Katta koʻl» deb yuri-tilgan. 10-a. yozma manbalarida Dengizkoʻl «Qorakoʻl», «Buxayrayi Somjan» («Somjan koʻli») nomlari bilan atalgan. 10-a. da arab geografi Ibn Havqal tomonidan chizilgan Oʻrta Osiyo xaritasida «Baxr ul-Buxoro» («Buxoro dengizi») nomi bilan koʻrsatilgan. Muhammad Narshaxiy (10a.) bu koʻl haqida «kengligi yigirma farsax (140—160 km) boʻlib, Buxoro daryosining ortiq-cha suvi shu koʻlga yigʻilgan, unda suv jonivorlari kup, butun Xurosonda bu yerdagidek mikdorda qush va baliq tu-tilgan emas», deb yozgan.

Koʻl viloyatning jan. chekkasidagi (Zarafshon daryosining quyi oqimida) tektonik botikda, dengiz sathidan 181,5 m balandda joylashgan. Dengizkoʻlga bir qancha kollektor-zovurdan keladigan tashlama suv va ekin maydonlarini sugʻorish natijasida hosil boʻlgan sizot suvi kelib quyiladi. Zarafshon daryosining asosiy tarmogʻi — Toyqir ham toʻlinsuv davrida koʻlgacha yetib boradi. Dengizkoʻldan suv oqib chiqmaydi, sarflanish asosan bugʻlanish va qisman shimilish hisobiga kechadi. 60-y. lar va 70-y. larning boshlarida Dengizkoʻlning maydoni va chuqurligi tez-tez oʻzgarib turgan: suv koʻp quyilgan davrlarda koʻlning mayd. 80—100 km2, chuq. 1,0—1,5 m, yoz oxirida esa tegishlicha – 40-60 km2 va 25-30 sm boʻlgan. 70-80-y. larda Buxoro viloyatining jan. da yangi yerlarning oʻzlashtirilishi va oqova suvlar mikdorining ortishi natijasida Dengizkoʻl yildan-yilga kattalasha bordi. 80-y. larning oxiri (1987)da uz. 43,3 km, eng keng joyi — 9 km, eng chuqur joyi 22 m, suv yuzasi mayd. 267 km2, suv hajmi — 2,7 km3 bulgan. Bu qiymatlar suv sathi tebranishiga mos ravishda yil davomida uzgarib tu-radi: kuzda bugʻlanish kamaygach, suv muvozanati turgʻunlashadi, soʻng suv sathi yana orta boradi. Dengizkoʻl kollektorzovur suvlari hisobiga toʻyinadi. Yezda bugʻlanish ancha kuchli. Dengizkoʻlda sha-mol taʼsirida toʻlqinlar kuzatiladi. Suvi juda shoʻr, koʻlning tubi ayrim joylarda 0,5 m gacha qalinlikda osh tuzi bilan qoplangan. Dengizkoʻl suvi shifobaxsh.


Lotin alifbosida maqola: DENGIZKOʻL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ? degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
TEMURIYLAR
IBN SINO
BUXORO VILOYATI


Добавить комментарий