DENGIZKUL PLATOSI

DENGIZKUL PLATOSI — Qashqadaryo viloyatining gʻarbiy qismidagi plato. Qarshi choʻlinknt jan.-gʻarbida joylashgan. Platoning relyef tuzilishi murakkab. Uning jan. va gʻarbiy chekkalari atrofdagi tekislikdan keskin koʻtarilgan. Shim. va sharqiy chekkalari Qashqadaryo deltasi tekisligiga asta-sekin qoʻshilib ketadi. Eng baland qismi (340—354 m) jan. da. Dengizkul platosida qum relyef shakllari rivojlangan boʻlib, asosan doʻng, marzali va barxan shakllaridagi qumliklar mavjud. Ushbu qumliklarni koʻpincha Devxona choʻli deb ham ataydilar. Dengizkul platosida botiqlar ham bor, ularning tubi ku-pincha taqirli tuproklar yoki shoʻrxoklar bilan band. D. p. ning jan. yon bagʻri Dengizkul botigʻiga tik tushgan. Yon bagʻirda neogen (oqchagʻil yarusi) jinslari — qumtosh, qum, gil, baʼzan konglomerat qatlamlari koʻrinib turadi. Platoda asosan choʻl qum tuproklar, baʼzan pastqamliklarda shoʻrxoklar mavjud. Qumliklarda koʻproq singren, oq saksovul, cherkez, shuvoq, juzgʻun, iloq, rang keng tarqalgan. Shoʻrxoklarda bir yillik shoʻralar oʻsadi. Dengizkul platosida qorakoʻl qoʻylari boqiladi.


Lotin alifbosida maqola: DENGIZKUL PLATOSI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
XITOY
ROSSIYA
DEVXONA PLATOSI
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты