DENDRIT

DENDRIT (yun. dendron — daraxt) — daraxtsimon shaklli mineral agregatlar (baʼzan kristallar). D. moddaning tor muhitda tez kristallanishidan, shuningdek, minerallarning ayrim qismlarini eritma bilan bir xil taʼminlanmay oʻsishidan hosil boʻladi. Shakli daraxt shoxchasi, qirqquloq bargi va yulduzchaga oʻxshash boʻladi. Bir-biriga parallel yoki qoʻshaloq oʻsgan mineral individlaridan tashkil topadi. Dendrit tugʻma elementlar, marganes oksidlari, uraninit va b. koʻpchilik minerallar va muzda kuzatiladi. Oʻzbekistonda gil, karbonat, qumtoshlarda psilomelan D. keng tarqalgan. Baʼzan psilomelan Dendritni oʻsimlik qoldirgan iz deb notoʻgʻri taʼriflaydilar. Dendrit kon qidirishda darakchi rolini bajaradi.


Lotin alifbosida maqola: DENDRIT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MINERAL
YER
KRISTALLAR
MENDELEYEV DAVRIY SISTEMASI
TUGʻMA TABIIY ELEMENTLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты