DENDROLOGIYA

DENDROLOGIYA (dendro… va…logiya) — daraxt va butalar haqidagi fan, botanikaiing bir sohasi; daraxtlarning anatomiyasi, morfologiyasi, taksonomik joylashishi, tur ichidagi sistematikasi va filogenezi, fiziolo-giyasi, ekologiyasi, geografik tarqalishi va xoʻjalik ahamiyatini oʻrganadi. Oʻrmonchilik, daraxtzorlar va butazorlar barpo etish, bogʻ va xiyobonlarni loyihalashtirish, qumliklarni, jar sohillarini mustahkamlash, koʻkalamzorlashtirish va b. ga oid masalalarni ishlab chiqadi.

Daraxtlarning manzarali xususiyatini, sanitariya-gigiyenik va ihota rolini oʻrganish, koʻkalamzorlashtirish, shaharlar va sanoat komplekslaridagi atmosferani tozalash, shovqinga qarshi kurashda qoʻl keladigan oʻrmon daraxtzorlarini barpo etish, eroziyaga uchragan togʻli, choʻl mintaqalaridagi tuproklarni himoya qilish, botqokli yerlarni quritish, shoʻrxok tuproklarda tuzli changlarning atmosferaga koʻtarilishiga karshi kurash D. ning muhim yoʻnalishlarini tashkil etadi. Dendrologiya botanika, oʻrmonchilik, oʻrmon seleksiyasi va koʻkalamzorlashtirish, tuproqshunoslik, geofafiya va b. fanlar bilan chambarchas bogʻliq. Dendrologiyaning asosiy obyekti — daraxt va buta turlaridir.

Oʻzbekistonda Dendrologiya masalalari V. D. Gorodeskiy (1934-y. da Oʻrta Osiyoning dendroflorasi haqida birinchi maʼlumotnoma tuzgan), F. N. Rusanov, T. I. Slavkina, A. U. Usmonov, G. S. Kostelova, L. V. Yaskina, daraxt va butalarning Oʻzbekistondagi togʻ, choʻl va sugʻoriladigan dehqonchilik mintaqalardagi tuproqlarni suv va shamol eroziyasidan himoya qilishda, sel oqimlariga qarshi kurashdagi roli M. B. Doshchonov, A. V. Gvozdikov, S. M. Ablayev, A. M. Molchanova, G. P. Ozolin, A. A. Xonazarov A. Q. Qayimov, A. O. Dosaxmetov va b. asarlarida yoritilgan. Oʻrmon ixrtazorlarini barpo etish, daraxt va butalarning yangi navlarini yaratish va b. masalalar T. A. Jeltikova, V. M. Rovs-kiy, V. P. Fimkin, S. Ye. Aleksandrovskiy, Ye. A. Butkov va b. oʻrmonshunos olimlarning ilmiy izlanishlarida katta oʻrin egallaydi.

Oʻzbekistonda Dendrologiya boʻyicha tadqiqotlar Oʻzbekistan FA Botanika in-ti va botanika bogʻi, Oʻzbekistan oʻrmon xoʻjaligi ilmiy tadqiqot in-ti, Toshkent davlat agrar un-tining oʻrmonshunoslik va oʻrmon melioratsiyasi kafedrasi va b. da olib boriladi.

20-a. ning oxirlarida Dendrologiya tadqiqotlarida asosiy oʻrmon hosil qiluvchi daraxtlar tabiiy populyatsiyalarining genetik tuzilmasini oʻsimliklar sistematikasi, ekologiya, biometriya, sitogenetika, geografik ekishlar usullari b-n oʻrganish asosiy yoʻnalishlardan biriga aylandi.

Xalqaro oʻrmon tadqiqotlari tashkilotlari uyushmasi va koʻpgina mamlakatlar (Germaniya, Polsha, Shvetsiya, Fransiya, Shveysariya)dagi Dendrologiya jamiyatlari, dendrariylar, qoʻriqxonalar va milliy bogʻlarda Dendrologiya boʻyicha tadqiqotlar va tajribalar olib boriladi. Har 5 yilda bir marta Jahon oʻrmon kongressi oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston FA Botanika bogʻi 1964 — 94 y. larda 14 jilddan iborat «Dendrologiya Uzbekistana» toʻplamini nashrdan chiqardi.

Ad.: Dendrologiya Uzbekistana v 4 tomax, t. 1—4, T., 1965—71; Dendrologiya Uzbekistana, t. 1-14, T., 1964-94.

Abduxalil Qayimov, Mirza Sobirov.


Lotin alifbosida maqola: DENDROLOGIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BOTANIKA INSTITUTI VA BOTANIKA BOGʻI
BOGʻ TUZISH SANʼATI
DALA IHOTA OʻRMONZORLARI
IHOTA DARAXTZORLARI
ENTOMOLOGIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты