DENITRIFIKATSIYA

DENITRIFIKATSIYA (de… nitrogenium — azot va faclo — qilaman) — nitratlarning denitrifikatsiyalovchi bakteriyalar tomonidan molekulyar azotgacha kaytarilishi jarayoni. Bunda tuproqdagi nitrat, nitrit, ammiak va amin birikmalar bakteriyalar taʼsirida parchalanib, ulardagi azot gaz holidagi molekulyar azotga aylanadi, nitrifikatsiyaga qaramaqarshi jarayon. D. ni birinchi marta fransuz olimlari E. Gayon va G. Dyupetilar aniqlagan. Bakteriyalar nitratlarni kaytarish uchun zarur boʻlgan energiyani organik moddalar (uglevodlar, spirtlar, organik kislotalar)ning oksidlanishi natijasida oladilar, nitratlardagi kislorod esa elektron va vo-dorodning akseptori hisoblanadi. Shuningdek, oltin-gugurt yoki molekulyar vodorod oksidlanishida nitratlarni tiklovchi denitrifikatsiyalovchi bakteriyalarning ayrim bir turlari ham bor. 1 g tuproqda oʻn va yuz ming denitrifikatsiyalovchi bakteriyalar mavjud boʻladi. Lekin tuproqda Denitrifikatsiya jarayoni faol yuz berishi uchun nitratlarning yetarli mikdori va oson parchalanadigan azotsiz organik moddalar, optimal reaksiya (rN 7,0—8,2), haro-rat 25—30°S va eng muhimi — anaerob sharoitlar boʻlishi kerak. Shu sababli Denitrifikatsiya sernam, havo yomon almashadigan tuproqlarda yaxshi kechadi. Denitrifikatsiya tuprokda azot birikmalarining kamayib ketishiga olib keladi va q. x. ishlab chiqarishiga zarar keltiradi. Yerni yumshatish Denitrifikatsiyani susaytiradi.

Abdukarim Zikiryoyev.


Lotin alifbosida maqola: DENITRIFIKATSIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
YER
BAKTERIYALAR
KISLOROD
HAYOTNING PAYDO BOʻLISHI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты