DENOMINATSIYA

DENOMINATSIYA (de va lot. nominatio — nom) — valyutaning barkarorligini oshirish va hisob-kitobni ixchamlashtirish maqsadida qogʻoz pul nominali (yozib qoʻyilgan qiymati)ni pasaytirish; eski pulni kursi (qadri) yuqori qilib belgilangan, nomi oʻzgarmagan yangi pulga maʼlum nisbatda almashtirish. Mamlakatdagi pul muomalasini tartibga solish tadbirlaridan biri, pul qadri pasayishini toʻxtatib qolish yoki susaytirish orqali pul tizimini sogʻlomlashtirish maqsadida amalga oshiriladi. Denominatsiya muomalada boʻlgan pul mablagʻlari (kupyura, tanga)lar massasini birmuncha kamaytirish imkonini beradi.

Denominatsiya amalga oshirilganda, odatda, narxlar, tariflar, ish haqi va b. ham shu nisbatda oʻzgartiriladi. Mac, 1960-y. da Fransiyada oʻtkazilgan Denominatsiya paytida eski frank yangi frankka 100:1 nisbatda almashtirilgan. Sobiq Ittifoqsa 1947 va 1961-y. lardagi pul islohotlarida eski rubl yangi rublga 10:1 nisbatda almashtirilgan, lekin 1947-yili narxlar pulni almashtirish nisbatiga muvofiq oʻzgartirilmadi. 1961-y. da esa tovarlar narxi ham Denominatsiyaga mos ravishda 10-marta kamaytirilgan.

Oʻzbekistonda 1994-y. da soʻm-kupon 1000:1 nisbatda soʻmga, Rossiyada 1997-y. da rubl 1000:1 nisbatda Denominatsiya qilindi.


Lotin alifbosida maqola: DENOMINATSIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



PUL ISLOHOTLARI
ISH HAQI
TOSHKENT
XITOY
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты