DENSITOMETRIYA

DENSITOMETRIYA (lot. densitas – zichlik va… metriya) — ilmiy fotografiya boʻlimi; ochiltirilgan yoki kimyoviy-fotografik yoʻl bilan boshqa usulda ishlangan fotografik katlamning yorugʻlik nurini yutishi va kaytarishini oʻlchash bilan shugʻullanadi. Yorugʻlik taʼsirida fotografik katlamning qanchalik qorayishi uning optik zichligiga bogʻliq. Fotografik qatlam sirtining zichlikka nisbati qorayish ekvivalenti deb ataladi. Optik zichlikni oʻlchaydigan asbob densitometr yoki mikrofotometr deyiladi. Rangli fotografik materiallarning optik zichligi maxsus usullar bilan aniklanadi (q. Sensitometriya).


Lotin alifbosida maqola: DENSITOMETRIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ? degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
SENSITOMETRIYA
FOTOGRAFIYA
YORUGʻLIK
QORAYISH


Добавить комментарий