DENTIN (lot. dens — tish) — suyaksimon pishiq toʻqima, tishning asosiy qismini tashkil etadi. Tish koronkasida Dentin emal b-n, boʻyni va ildizida esa sement bilan qoplangan. Dentin 70—72% mineral tuzlar va taxm. 28% organik moddalardan tarkib topgan. Dentin asosan kollagen tolalar va ular orasidagi amorf moddalardan iborat; moddalar orasida Tome tolalari deb ataluvchi hujayra oʻsiqchalari joylashgan kanalchalar tarmoklanib ketgan. Dentinda qon tomirlar boʻlmaydi, u kanalchalar va Tome tolalari orqali diffuziya yoʻli bilan oziklanadi. Togʻayli baliqlar tangachasida ham Dentin bor.