DEPARTAMENT (frans. departement) — 1) Fransiya va b. koʻpgina mamlakatlarda asosiy maʼmuriy-hududiy birlik;
2) ayrim davlatlarda (mas, AQSH, Shveysariya, RF, Oʻzbekiston) — mahkama yoki vazirlik yoxud ular boʻlinmalarining atalishi; davlat departamenti — AQSH tashqi ishlar vazirligi.