DEPUTATLARNING FRAKSIYALARI, BLOKLARI VA GURUHLARI

DEPUTATLARNING FRAKSIYALARI, BLOKLARI VA GURUHLARI — deputatlarning oʻzaro kelishuv asosida tashkil topgan birlashmalari. Deputatlar siyosiy karashlari, kasbi, qiziqishlari boʻyicha rasmiy fraksiyalar, bloklar, doimiy va muvaqqat deputatlar guruhlariga birlashishlari mumkin. Oʻzbekistan Respublikasida Deputatlarning fraksiyalari, bloklari va guruhlari va g. faoliyati «Oʻzbekistan Respublikasida deputatlarning maqomi toʻgʻrisida»gi qonunda (1995-y. 6 may) va «Oʻzbekistan Respublikasi Oliy Majlisining reglamenti»da (1995-y. 5-may) belgilab berilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisida roʻyxatga olingan 4 ta fraksiya (Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi, Fidokorlar milliy demokratik partiyasi, «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi, Milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan deputatlar fraksiyalari) va 2 ta blok (Saylovchilarning tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlar bloki va hokimiyat vakillik organlaridan saylangan deputatlar bloki) bor (yana q. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi).


Lotin alifbosida maqola: DEPUTATLARNING FRAKSIYALARI, BLOKLARI VA GURUHLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI
XITOY
FRANSIYA
ROSSIYA
GERMANIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты