DEPUTATNING DAXLSIZLIGI

DEPUTATNING DAXLSIZLIGI — demokratiya prinsipi; unga kura, davlat hokimiyati vakolatli organining deputati shu organning roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas. Oʻzbekistonda Deputatning daxlsizligi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (88 – modda) va OʻzRning «Oʻzbekiston Respublikasida deputatlarning maqomi toʻgʻrisida»gi qonuni (1995-y. 6 may) bilan mustahkamlangan. Qonunga koʻra, Oliy Majlis deputati — Oliy Majlisning, sessiyalar oraligʻidagi davrda esa — Oliy Majlis Kengashining; Joʻqorgʻi Kenges deputati — Oʻzbekistan Respublikasining butun xududida Joʻqorgʻi Kengesning, sessiyalar oraligʻidagi davrda esa — Joʻqorgʻi Kenges Raisining; viloyat, tuman, shahar Kengashining deputati esa tegishli hududda tegishli Kengashning, sessiyalar oraligʻidagi davrda esa — qokimning yoki hokim vazifasini ijro etuvchi mansabdor shaxsning roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, hibsga olinishi yoki sud tomonidan beriladigan maʼmuriy javobgarlikka tortilishi mumkin emas. Oliy Majlis deputatiga nisbatan jinoiy ish faqat OʻzR Bosh prokurori tomonidan, Joʻqorgʻi Kenges deputatiga nisbatan — OʻzR Bosh prokurori yoki Koraqalpogʻiston Respublikasi prokurori tomonidan; viloyat va Toshkent sh. Kengashining deputatiga nisbatan jinoiy ish tegishli viloyat, Toshkent sh. prokurori yoki yuqori turuvchi prokuror tomonidan, tuman, shahar Kengashining deputatiga nisbatan esa — tegishli tuman, shahar prokurori yoki yuqori turuvchi prokuror tomonidan qoʻzgʻatilishi mumkin. Oliy Majlis va Joʻqorgʻi Kenges deputatini majburan keltirish, ushlash, shuningdek, uning shaxsiy buyumlarini, yuki, transport, uy-joyi yoki xizmat xonasini koʻzdan kechirishga yoʻl qoʻyilmaydi.


Lotin alifbosida maqola: DEPUTATNING DAXLSIZLIGI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING ORDEN VA MEDALLARI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI JOʻQORGʻI KENGESI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING PREZIDENTI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты