DERMATOZLAR

DERMATOZLAR — teri va uning hosilalari (soch, tirnoq va b.) kasalliklarining umumiy nomi; alohida kasallik yoki boshqa biror umumiy kasalliklarning belgisi boʻlishi mumkin. Tashki (ekzogen) va ichki (endo-gen) Dermatozlar farq qilinadi. Tashqi Dermatozlarga atrof muhitdagi fizik (mexanik qitiqlovchilar, nur, issiq yoki sovuq va b.), kimyoviy (i. ch. va uy-roʻzgʻorda qoʻllaniladigan kimyoviy vositalar, dorilar, oziq-ovqatlar) va biologik (mikroorganizmlar, hasharotlar va b.) omillar sabab boʻladi. Ichki Dermatozlar moddalar almashinuvining buzilishi, ichki kasalliklar, xususan meʼda-ichak kasalliklari, tish, murtak, oʻt pufagi va b. aʼzolardagi mavjud infeksiyalar tufayli paydo boʻladi. Koʻproq kasbga aloqador va allergik Dermatozlar kuzatiladi. Kasallikning kechishi uning etiologidek va patogenezja bogʻliq.


Lotin alifbosida maqola: DERMATOZLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TISH
YER
TIBBIYOT
TERI KASALLIKLARI
XOTIN-QIZLAR KASALLIKLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты