DERMATOLOGIYA

DERMATOLOGIYA (dermato… va …lo-giya) — teri kasalliklari haqidagi fan; klinik tibbiyotning bir sohasi. Terining buzilishi, vazifasi, sogʻlom teri va kasallik holati, shuningdek, organizmning boshqa kasalliklarida terida boʻladigan oʻzgarishlarni oʻrganadi. Teri kasalliklarini aniqlash, davolash va oldini olish masalalarini ishlab chiqadi. Dermatologiya umumiy va xususiy qismlarga boʻlinadi. Umumiy Dermatologiya sogʻlom xamda kasal terining anatomiyasi va fiziologiyasini, teri kasalliklarining yuzaga kelish sabablari, davolash va oldini olish usullarini, xususiy Dermatologiya esa teri, soch va tirnokda paydo boʻladigan ayrim kasallik belgilarini, qoʻzgʻatuvchilarini, davolash usullarini oʻrganadi. Dermatologiya venerologiya, ichki kasalliklar, nevropatologiya, endokrinologiya, psixiatriya va b. tibbiyot fanlari bilan chambarchas bogʻlangan.

Dermatologiya uzoq tarixga ega. Qad. Misrda kichima, sachratqi, qoʻtir, moxov kabi teri kasalliklarini turli moy dorilar, malhamlar bilan davolashgan; terini kosmetik usulda parvarish qilish ham keng rasm boʻlgan. Yunoniston va Rimda teri va tanosil kasalliklarini davolash bilan shugʻullanganlar. Gippokrat teri kasalliklarini bir tartibga solib qoʻtir, moxov, soch toʻkilishi, qadoq kabi kasalliklarni oʻrgangan va ularni davolash haqida maʼlumotlar bergan. Qad. Rim vrachi Selz chipqon, trixofitiya, psoriaz va b. kasalliklar toʻgʻrisida batafeil yozib, bu dermatozlarni davolashda ultrabinafsha nurlar, iliq fizik omillardan foydalanishni tavsiya etgan. Oʻrta osiyolik olim Abu Ali ibn Sino oʻzining «Tib qonunlari» kitobida poʻrsildoq yara, qichima, gush (ekzema), zaxm, moxov va b. teri kasalliklarini tasvirlash bilan birga ularning bir-biridan farkini ham koʻrsatib, davolash usullarini yozib krldirgan. Dermatologiya fanining shakllanishi 16-a. ning ikkinchi yarmida fizika, kimyo, biol. fanlarida qilingan kashfiyotlar b-n uzviy bogʻliq. 18-a. da teritanosil kasalliklarining etiologiyasi, patogenezi va klinikasini oʻrganish avj oldi va ingliz, fransuz, nemis, rus Dermatologiya maktablari paydo boʻldi. Oʻzbekistonda Oʻrta Osiyo davlat un-ti tibbiyot f-tida teri va tanosil kasalliklari kafedrasi tashkil etilganidan (1920) boshlab Dermatologiya va venerologiya sohasi rivojtopdi. 1924-y. da Toshkentda teri va tanosil kasalliklari dis-panseri, 1932-y. da Dermatologiya va venerologiya ilmiy tadqiqot instituti tashkil qilinishi bu fanning rivojlanishiga keng yoʻl ochib berdi. Soʻzak, zaxm, terining zamburugʻli kasalliklari, vitiligo kabi kasalliklarning tarqalishi, etiologiyasi, patogenezi, diagnostikasi, davosi, oldini olish masalalari oʻrganildi (A. A. Akovbyan, X. N. Xidirov, I. A. Gelinsevskiy, T. T. Tojiboyev, K. S. Sulaymonov va b.) Teri kasalliklari (zaxm, kal) da ichki aʼzolarning zararlanishi; kasbga aloqador teri kasalliklari; dermatomikozlar qoʻzgʻatuvchilarining turini aniqlash boʻyicha ilmiy izlanishlar olib borildi (U. K. Beluxa, H. Husanov, R. A. Kapkayev, U. M. Mirahmedov va b.). Oʻzbekistonda hoz. 1 – va 2 – Toshkent tibbiyot in-ti, Toshkent pediatriya tibbiyot inti, Vrachlar malakasini oshirish in-ti, Buxoro, Samarqand, Andijon tibbiyot in-tlarida dermatologiya va venerologiya kafedralari faoliyat koʻrsatadi.

Olimlardan A. A. Akovbyan, U. M. Mirahmedov, R. A. Kapkayev, M. M. Obidov, A. X. Abdullayev, A. Sh. Vaysov, Sh. A. Hamidov, X. Sh. Shodiyevlarning ijodiy izlanishlari keng tarqalgan teri kasalliklarini keskin kamaytirishga imkon berdi.

Ad. Arifov S, Eshboyev E., Teri va tanosil kasalliklari, T., 1997.


Lotin alifbosida maqola: DERMATOLOGIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TIBBIYOT
PSIXIATRIYA
TOSHKENT
YER
NEVROPATOLOGIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты