DERMATOLOGIYA VA VENEROLOGIYA ILMIY TADQIQOT INSTITUTI

DERMATOLOGIYA VA VENEROLOGIYA ILMIY TADQIQOT INSTITUTI — Oʻzbekistan Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga qarashli ilmiy tadqiqot muassasasi. 1932-y. Toshkent sh. da tashkil etilgan. In-tda jinsiy yoʻl bilan yuqadigan kasalliklar, keng tarqalgan dermatozlar va dermatomikozlar, shuningdek, moxovni aniqlash, davolash va oldini olish ustida tadqiqotlar olib boriladi. Bunda S. Xidirov, U. K. Beluxa, M. Obidov, A. Vaysov kabi olimlarning xizmatlari katta.

In-tda jinsiy yoʻl bilan yuqadigan infeksiyalar, mikologiya, dermatologiya boʻlimlari, ilmiytashkiliy boʻlim, ilmiy-maslahat poliklinikasi va mikrobiologiya, serodiagnostika, immunologiya, farmakoterapiya, bio-kimyo va morfologiya lab. lari, 160 oʻrinli klinik kasalxona, kutubxona, vivariy va h. k. bor (2001). In-tda 4 fan d-ri (S. Arifov, K. Yoʻldoshev, A. Rahmatov, E. Eshboyev), 27 fan nomzodi va b. xodimlar xizmat qiladi (2001). In-t Davlat fan va texnika qoʻmitasi, chet el grandlarini yutgan. In-tda ilmiy toʻplam, monografiya, darslik va turli qoʻllanmalar chop etiladi, ixtirolar qilinadi, dermatovenerologiyaning dolzarb muammolari boʻyicha ilmiy-amaliy anjumanlar oʻtkaziladi.


Lotin alifbosida maqola: DERMATOLOGIYA VA VENEROLOGIYA ILMIY TADQIQOT INSTITUTI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
TIBBIYOT
SOGʻLIQNI SAQLASH
DERMATOLOGIYA
KIMYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты