DERMATOMIOZIT

DERMATOMIOZIT (dermato… va yun. myos — muskul) — koʻpincha muskul, teri va nerv zararlanishi bilan oʻtadigan va kollagenoz turkumiga mansub umumiy kasallik; oʻtkir, oʻrtacha oʻtkir yoki surunkali boʻladi. Aksari sil, ich terlama, gripp kabi yuqumli kasalliklardan keyin roʻy beradi. Yoshlar va ayollarda koʻproq uchraydi. Dastlab yuz, keyinroq oyoq-qoʻl va badanda kizil, koʻkimtir dogʻlar, tuguncha, pufakchalar paydo boʻladi, Ular anchagina joyni egallashi, hatto butun badanga tarqalishi mumkin, Keyinchalik pufakchalar soʻrilib, oʻrnida qoramtir dogʻ qoladi, teri yupqalashadi (atrofiya). Ogʻiz, tomoq, koʻz shilliq qavati, oyoq-qoʻl, qovurgʻalar orasi, umurtqalar atrofi, hatto koʻz kosasi muskullari ham kasallanadi; bemor darmonsizlanib, tez charchaydigan boʻlib qoladi, baʼzan, harorati koʻtariladi. Ushbu jarayonda plevrit, endokardit kabi kasalliklar paydo boʻladi. Davo bemorning umumiy ahvoliga qarab tayinlanadi (asosan kortioksteroidlar buyuriladi).


Lotin alifbosida maqola: DERMATOMIOZIT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ICH TERLAMA
GRIPP
YER
ZAXM
SIL


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты