DERYAYEV

DERYAYEV Xidir (1905, Mari viloyati Egriguzar qishlogʻi — 1987, Ashxabod) — Turkmenistan xalq yozuvchisi (1967). Turkmaniston FA muxbir aʼzosi (1969). Toshkentdagi maorif in-ti (1926) va Oʻrta Osiyo davlat un-tini tugatgan (1931). Ashxobod pedagogika in-tida oʻqituvchi (1931), kafedra mudiri (1938). Turkman mumtoz adabiyotini tadqiq etish va nashr qilishda faol qatnashgan, birinchi boʻlib turkman tili darsligini yaratgan. Ilk sheʼrlarini Toshkentda yozgan. «Amudaryo» dostoni (1928) Turkmanistonda suv muammosiga bagʻishlangan. «Afsusmi yo maslahat» dostoni (1929) odob-axloq mavzuida. «Qonli panja» (1937) asari turkman adabiyotidagi dastlabki realistik romandir. Yozuvchi uni qayta ishlab, 2—4 qismlarini yozib, «Qismat» nomi bilan chop ettirgan (1960— 71). «Boʻron» (1974) romani, «Qismat» (1962, roman asosida), «Mehri» (1964), «Xoʻjanafas» (1969) dramalari muallifi. «Qismat» romanining 1—2 kitoblari P. Krdirov tarjimasida oʻzbek tilida nashr qilingan (1967, 1972).


Lotin alifbosida maqola: DERYAYEV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TURKMANISTON
TOSHKENT
ALISHER NAVOIY
YAPONIYA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты