DESIKATSIYA

DESIKATSIYA (de… va lot. siccum – quruq, quritish, suvini qochirish) — ekinlarni oʻsib turgan joyida dorilab quritish. Desikatsiya hosil yetilishini tezlashtirib, yigʻim-terim ishlarini barvaqt tugallash maqsadida oʻtkaziladi. Desikatsiya qilinganda oʻsimlikning hayoti butunlay toʻxtaydi, uning oʻsuv organlari, jumladan pishib yetilmagan me-valari ham tezda kurib qoladi. Desikatsiya hosilni mashinalarda terishni osonlashtiradi. Qand lavlagi maydonlarida hosil terimidan 10, gʻoʻzada 15—20, tokzorlarda 20 kun ilgari oʻtkaziladi. Oʻzbekistan sharoitida, asosan, gʻoʻza, shuningdek, kartoshka, don-dukkakli va moyli ekinlar D. qilinadi. Desikatsiya qilish muddatli ob-havoga, gʻoʻzada koʻsaklarning yetilishi hamda ochilish darajasiga qarab belgilanadi. Mas, respublikaning markaziy va shimoliy r-nlarida koʻsaklarning 60—65%, janubiy r-nlarida esa 70—75% ochilganda, dastlabki mashina terimidan keyin Desikatsiya qilinadi. Desikatsiyada kimyoviy preparatlar (desikantlar) eritmasi oʻsimlikka maxsus texnika (traktor va moslamalar) bilan purkaladi.


Lotin alifbosida maqola: DESIKATSIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALMASHLAB EKISH
XITOY
SHIMOLIY AMERIKA
TOSHKENT
GʻOʻZA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты