DESSAU

DESSAU — Germaniyadagi shahar, Saksoniya-Anxalt yerida. Aholisi 96 ming kishi chamasida (1990-y. lar oʻrtalari). Milda daryosining Elbaga quyilish yeriga yaqin joydagi port. Transport yoʻllari tutuni. Sanoatining asosiy tarmogʻi — mashinasozlik: sement va konchilik sanoati uchun jihozlar, vagon-muzlatgichlar, dare kemasozligi. Elektrotexnika, priborsozlik, kimyo, yogʻochsozlik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Muzeylar, kartinalar galereyasi bor. Shahar 1944—45 y. larda vayron boʻlgan, urushdan soʻng qayta tiklangan. Meʼmoriy yodgorliklardan gersoglar saroyi (1530—1588) va b. saqlangan.


Lotin alifbosida maqola: DESSAU haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ROSSIYA
FRANSIYA
GERMANIYA
ITALIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты