DETANDER

DETANDER (frans. detendre — kucheizlantirish) — gazni sovitish uchun moʻljallangan mashina. D. da gazni sovitish jarayoni uni kengaytirish hisobiga amalga oshadi. Detanderning har xil turlari bor. Ularning ichida porshenli Detander va turbodetander keng tarqalgan. Porshenli Detanderda qisilgan gazning potensial energiyasi porshenni silindr ichida harakatlantiradigan ishga ayla-nadi, gaz kengayib soviydi. Bunday Detander asosan yuqori va oʻrtacha bosimli sovitish qurilmalarida ishlatiladi. Turbodetander uzluksiz ishlaydigan kurakli mashina. Unda gaz oqimi soplo (qoʻzgʻalmas yoʻnaltiruvchi kanal)lar va rotorning aylanib turuvchi kurakli kanallar tizimi orqali oʻtadi. Shunda gazning potensial energiyasi kinetik energiyaga hamda mexanik ishga aylanadi, natijada gaz soviydi. Bunday Detanderlar gaz oqimining yoʻnalishi boʻyicha markazga intiluvchi, markazdan krchuvchi va oʻq boʻylab yoʻnaluvchi xillarga boʻlinadi. Soplolarda gazning kengayish darajasiga karab, faol (aktiv) va suyet (passiv), gazning kengayish pogʻonalari soniga koʻra bir va ikki pogʻonali Detanderga boʻlinadi. Bir pogʻo-nali, markazga intiluvchi reaktiv Detander koʻproq qoʻllaniladi. Turbodetanderlar past, oʻrta va yuqori bosimli sovitish qurilmalarida ishlatiladi. Detanderlar gazlarni suyultirish qurilmalari, refrijeratorlar, havoni konditsirlash (meʼyorlash) qurilmalari va b. da qoʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: DETANDER haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ? degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
YER
TOSHKENT
ROSSIYA
LAZER


Добавить комментарий