DETEKTIRLASH

DETEKTIRLASH, demodulyatsiya — elektr tebranishlarini oʻzgartirib, oʻzgarmas tok yoki ancha past chastotali elektr tebranish hosil qilish. Eng keng tarqalgan holi demodulyatsiya boʻlib, unda modulyatsiyalangan yuqori chastotali tebranishlardan past chastotali modulyatsiyalovchi signal ajratib olinadi. Detektirlash radio qabul qiluvchi qurilmalarda tovush chastotalarini, televideniyeda tasvir signallarini ajratib olishda ishlatiladi. Detektirlashda elektr tebranishlar detektorta uzatiladi; bunda u bir xil yoʻnalishdagi tokni oʻtkazadi va tebranishlar koʻplab bir xil ishorali tok impulslariga aylanadi. Agar tebranishlar qisman toʻgʻrilansa, yaʼni detektor orkali tok ikkala yoʻnalishda oʻtsa (detektor elektr oʻtkazuvchanligi turlicha boʻlsa), D. sodir boʻladi. Detektirlash uchun turli yoʻnalishda turlicha elektr oʻtkazuvchanlikka ega boʻlgan istalgan qurilmadan, mas, diodpan ham foydalanish mum-kin. Chastota signalini ajratib olishda filtrdan foydalaniladi. Eng oddiy filtr qarshilik va sigʻimdan iborat qurilma hisoblanadi. Detektirlashda elektron lampa, yarimoʻtkazgichli diod, vakuumli triodlar, chiziqlimas kristallar ishlatiladi.


Lotin alifbosida maqola: DETEKTIRLASH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Lady Gaga - Poker Face
YER
TELEVIDENIE
RANG-TASVIR
ESHITISH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты