DETEKTOR

DETEKTOR (lot. detector — sochuvchi) — 1) radiotexnikada — elektr tebranishlarni detektirlaydigan qurilma (q. Detektirlash). Radioeshittirish, televizion koʻrsatuvlar, aloqa, oʻlchash qurilmalari va b. da yuqori chastotali modulyatsiyalangan tebranishlarni modulyatsiyalangan tebranish chastotalariga aylantiradi. Amplitudali, chastotali va fazali Detektor larga boʻlinadi;

2) zarralar va nurlarni aniqlaydigan asbob. Mas, gamma-nurlar D. lari, neytron D. lari va b. ;

3) elektr oʻlchash asboblarida — indikatorga taʼsir etadigan kam quvvatli toʻgʻrilagich;

4) yoruglik (fotoelement) va issiqlikni (termopara) aniqlaydigan qurilma.



KOSMIK NURLAR
DETEKTIRLASH
YER
TELEVIZION MINORA
ELEMENTAR ZARRALAR


Добавить комментарий