DETEKTORLI RADIOPRIYOMNIK

DETEKTORLI RADIOPRIYOMNIK — radiostansiyadan qabul qilingan signallarni kristallik detektorlar yordamida tovush signallariga aylan-tirib beradigan radiopriyomnik; ishi Kabul qilingan radiotoʻlqinlar ener-giyasi hisobiga amalga oshadi. Detektorli radiopriyomnik., odatda, tebranish konturi LC, kristallik detektor D (yarimoʻtkazgichli diod), telefon T va blokirovka kon-densatori S6 lardan iborat. Kondensator sigami S oʻzgartirilganda tebranish konturi radiostansiyadan kabul qilingan chastota bilan rezonans hosil qiladi. Bu bilan chastotasi rezonans chastotasidan farq qiluvchi barcha signallar susaytiriladi. Kristallik detektordan chiqayotgan yuqori (radio) chastota toklari asosan kondensator S6 dan, past (tovush) chastota toklari esa telefon orqali oʻtadi. Antenna qanchalik baland oʻrnatilsa va yerga ulash yaxshi bajarilsa, bir necha ming km masofada joylashgan kuchli radio-stansiyalarning signallarini shunchalik yaxshi qabul qilish mumkin.


Lotin alifbosida maqola: DETEKTORLI RADIOPRIYOMNIK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ANTENNA
RADIOPRIYOMNIK
YER
TOSHKENT
LAZER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты