DETERMINATSIYA

DETERMINATSIYA (lot. determinatia — cheklanish, aniklanish) , latent ixtisoslanish — embriologiyada organ va toʻqimalarning shakllanishi oldidan rivojlanayotgan embrion qismlari oʻrtasida sifat jihatdan farq paydo boʻlishi. Determinatsiya terminini nemis embriologi K. Gayder (1900) taklif qilgan. Hujayra materiali unga xos boʻlmagan joyga koʻchirilganida undan normal holatda ixtisoslashadigan organ paydo boʻlsa, determinlashgan hisoblanadi. Determinatsiya asosida informatsion ribonuklein kislotalar va oqsil mo-lekulalarining sintezlanishiga olib keladigan ayrim genlarning faollashuvi yotadi. Determinatsiya zigotaning boʻlinishi davrida bir qancha omillar, xususan boʻlinayotgan hujayralarga har xil sifatli sitoplazmaning oʻtishi, ayrim hujayralar guruhining oʻzaro taʼsiri va b. da yuzaga chiqadi. Umurtqasiz hay-vonlarda soplazmatik segretsiya ustun boʻlgani uchun tana qismlari Determinatsiyasi zigotaning maydalanishi jarayonidayoq boshlanadi. Umurtqalilarda murtak qismlarining oʻzaro taʼsiri (induksiya) asosiy ahamiyatga ega boʻlgani sababli Determinatsiya organogenez davrida namoyon boʻladi. Bu belgiga asosan hayvonlar shartli ravishda mozaik tuxumli determinlashgan va regulyatsion tuxumli determinlashmagan rivojlanish guruhlariga ajratiladi. Odatda, rivojlanishda induktor taʼsirida dastlab turgun boʻlmagan Determinatsiya, keyinroq turgʻun (labil) Determinatsiya yuzaga chiqadi, faqat shundan keyin morfologik jihatdan farq qiladigan ixtisoslashuv boʻladi, yaʼni toʻqima yoki organ shakllana boshlaydi. Bundan keyingi davrlarda ixtisoslashuv yangidan-yangi oʻzaro taʼsir etuvchi sistemalar va jarayonlarni oʻz ichiga oladi. Bu jarayonlarda hujayra materialidan i1akllanishi lozim boʻlgan toʻqima va organlarning qismlari farklana borishi bilan birga uning morfologik imkoniyati ham tobora cheklanib boradi. Koʻpchilik ikkilamchi ogizlilarda Determinatsiya dastlab oʻzgaruvchan boʻlganidan murtak ayrim qismlarining rivojlanish yoʻlini sunʼiy oʻzgartirishga imkon beradi. Keyinchalik Determinatsiya turgʻun holatga oʻtadi va har bir hujayra faqat muayyan organni yoki tananing bir qismini hosil qilish xususiyatiga ega boʻlib qoladi. Determinatsiya boʻlinayotgan murtak hujayralarining morfolik ixtisoslashuvi orkali toʻqima va organlarning rivojlanishiga olib keladi.


Lotin alifbosida maqola: DETERMINATSIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
HUJAYRA
HAYOTNING PAYDO BOʻLISHI
Hosila Rahimova - Hay-haya
GENLARNING UZARO TAʼSIRI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты