DETERMINIZM

DETERMINIZM (lot. determino – aniqlayman) — barcha hodisalarning oʻzaro obyektiv qonuniy aloqadorligi va sababiy bogʻlanishi toʻgʻrisidagi falsafiy taʼlimot (q. Sababva oqibat). Indeterminizmning qaramaqarshisi. Determinizmning mazmuni sababiyat tushunchasida ifodalanadi, yaʼni bunda bir hodisa (sabab) muayyan sharoitda zaruriyatni tugʻdiradi, bu esa boshqa xrdisa (oqi-bat)ni vujudga keltiradi. U inson ongiga bogʻliq emas. Yunon faylasuflari Geraklit, Demokrit, Epikur hamda sharq mutafakkirlari Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Ulugʻbek va b. ham Determinizmni eʼtirof etishgan. Determinizm prinsipi ilmiy bilimning barcha sohalarida yoʻlyoʻriq koʻrsatuvchi, haqiqatni bilishning samarali vositasi boʻlib xizmat qiladi.


Lotin alifbosida maqola: DETERMINIZM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



IBN SINO
FOROBIY
BERUNIY
YUNONISTON
ULUGʻBEK


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты